"Arcane" mualliflaridan yangi animatsion serial — "Miss Saturn"

Hikoya o‘smirlik davri, yo‘qotish og‘rig‘i va shaxsiy oʻzlikni anglash mavzularini chuqur yoritadi.
10-iyun kuni boʻlib oʻtgan “The Annecy International Animation Film Festival"da “Arcane” seriali bilan mashhur boʻlgan Fortiche Productions kompaniyasi o‘zining “Miss Saturn” nomli yangi mini-serialini e’lon qildi .
“Miss Saturn” Barabara Izrael romaniga asoslangan bo‘lib, u o‘smirlar va yoshlar auditoriyasiga mo‘ljallangan. Filmda 1980-yillarning pop atmosferasi kuchli aks etadi. Syujet 16 yoshli Mersiya va uning hamrohi Tomning Nitssadan o‘z o‘tmishidan qochishi haqida hikoya qiladi. Hikoya o‘smirlik davri, yo‘qotish og‘rig‘i va shaxsiy oʻzlikni anglash mavzularini chuqur yoritadi.
“Miss Saturn” noyob loyiha boʻlib, u 80-yillarda paydo boʻlgan boʻlsa-da, musiqiy va hissiy shiddat bilan yoshlik mohiyatini qamrab oladi, — dedi loyiha prodyuseri Annelise Vielledan. “Yosh avlod o‘sha o‘n yillikning retro musiqa repertuarini o‘zlari uchun qayta kashf etayotgan bir paytda, bu erkin, intuitivlik asosida yaratilgan va shubhasiz pop tarixga aylangan hikoya ularda kuchli aks-sado topishiga ishonchim komil” — deb takidlab oʻtdi prodyuser.
Serial hozirda ishlab chiqarish bosqichida, jarayon 2026-yilda boshlanishi va 2027-yilda efirga uzatilishi rejalashtirilgan.