“Dune” filmining uchinchi qismida Pol Atreydesning bolalarini kim o‘ynashi ma’lum qilindi
E’lon qilingan sana: · 104

Franshizaning rasmiy ravishda “Dune: Messiah” deb nomlangan uchinchi qismi uchun Pol va Chanining farzandlari rollariga tanlov e’lon qilindi :
- Leto Atreydes II rolini Jeyson Momoa va Liza Bonetning 16 yoshli o‘g‘li Nakoa-Vulf Momoa ijro etadi. Bu uning kinodagi debyut roli bo‘ladi.
- Ganima Atreydes rolini avvalroq “Boshpana” teleserialining ikki epizodida suratga tushgan Ayda Bruk ijro etadi.
“Dune: Messiah” ikkinchi qismdan 12 yil o‘tgach, Polning merosi bilan yangi tahdidlar orasidagi muvozanatni saqlab, voqealarni davom ettiradi. Syujetning markazida ularning farzandlari taqdiri turadi. THR manbalariga ko‘ra, filmda Robert Pattinson ishtirok etishi mumkin — u tleylaksilik yovuz qahramon Saytel rolini ijro etadi, degan taxminlar bor.
Denis Vilnev rejissyor boʻlib qolmoqda, suratga olish ishlari shu yozda boshlanadi va xalqaro premyera 2026-yil 16-dekabrga rejalashtirilgan.