Pixar avtopilot rejimda: "Elio" multfilmiga sharh

E’lon qilingan sana· 237
Pixar avtopilot rejimda: "Elio" multfilmiga sharh

Loyiha "yoqimli, lekin unchalik murakkab bo‘lmagan narsa kerak" degan texnik topshiriq bo‘yicha buyurtma asosida suratga olingan blokbasterga o‘xshaydi.

Agar siz o‘zingiznikilar orasida ham o‘zingizni begona his qilgan bo‘lsangiz, “Elio” aynan siz uchun mo‘ljallangan. Bu eshitilish qanchalik qiyin bo‘lishi va yolg‘iz emasligingizni bilish qanchalik muhimligi haqidagi hikoya. Qolgan jihatdan esa, loyiha sust tayyorlangan. Pixar yana bir bor “maxsus” narsani oʻylab topishga qaror qildi — va oxir-oqibat u soʻnggi yillardagi eng oddiy multfilm boʻlib chiqdi.

Elio — charchagan harbiy xolasining qo‘lida katta bo‘layotgan yetim bola. U radio to‘lqinlarga qiziqadi va uzoq-uzoqlarda, koinot qa’rida kimdir uni payqab qolishini orzu qiladi. Va cheksiz qora bo‘shliq unga javob beradi. Uni BMT va bolalar oromgohining galaktikalararo versiyasi orasidagi o‘rtacha bo‘lgan kosmik tashkilot olib ketadi. Sarguzashtlari davomida u turli jonzotlar bilan uchrashadi va koʻp qiyinchiliklarni yengib oʻtadi, yashirin qobiliyatlarini ochiladi va haqiqiy qahramonga aylanadi.

Multfilmning eng asosiy g‘oyalaridan biri shuni eslatadi: biz hammamiz bor-yo‘g‘i chang zarrachalarimiz, lekin shunga qaramay, muhabbatga loyiqmiz.Bu g‘oya kuchli eshitiladi, ammo ijro unchalik ta’sirli chiqqani yo‘q. Multfilm aqlli, biroq hazilomuz emas. Yoqimli, ammo yurakni titratadigan darajada emas. Unda ta’sirli sahnalar bor — masalan, Elio nima uchun hech kim u bilan birga bo‘lishni xohlamasligini tushuntirishga urinishi kabi, lekin Pixarning odatda tomog‘imizga tiqilib qoladigan “cho‘qqi” lahzalari yo‘q.

Multfilmning haqiqiy topilmasi — Glordon, begona sayyoralik harbiy qo‘mondonning o‘g‘li bo‘lgan shilimshiq qurt. U butun koinotni vahimaga solishi kerak edi, lekin buning o‘rniga hammani pillaga o‘rab, do‘stlashishni xohlaydi. U — multfilmning eng katta syurpriz, ovozi va xatti-harakatlari bilan sen hech qachon uchrashishni kutmagan, ammo endi qo‘yib yubormaydigan eng yaqin do‘stni eslatadi. Va bu yerda “Elio” xuddi baddi-muvi kabi ochiladi, bu yerda kattalar vahimaga tushib, o‘z muammolarini hal qilayotgan bir paytda, ikki do‘st — yerlik va yerlik bo‘lmagan — umumiy til topishadi va o‘zlarining kichik dunyosini qurishadi.

Vizual jihatdan esa parvoz biroz g‘alati chiqqan. Bir tomondan — “Elemental"dagi kabi shakllar, tuzilmalar va begona biomlarning xilma-xilligi ko‘zga tashlanadi.Boshqa tomondan esa, bularning barchasi Pixar mezonlariga ko‘ra biroz jonsizdek tuyuladi. Hamma narsa borga oʻxshaydi, lekin xotirada hech narsa qolmaydi. Agar “Coco” vizual uslub syujet va hissiy ritmga xizmat qilgan bo‘lsa, bu yerda, afsuski, unday emas: ekzotik oʻzga sayyoralik mavjudotlar va g‘ayrioddiy qonun-qoidalarga ega olam shunchaki fon bo‘lib qoladi.

Pit Dokter (“Mahluqlar shirkati”, “Boshqotirma”) studiyaning bosh ijodiy rahbariga aylanganidan beri, Pixar ko‘proq shaxsiy hikoyalarga urg‘u bera boshladi. “Elio” ham bundan mustasno emas. Bu hali ham ishlaydi — ayniqsa bolalar uchun — lekin kattalar bir xil qolipni sezmay qolmaydilar. Aynan shu narsa “Elio"ning buyuk asarga aylanishiga to‘sqinlik qiladi: u haddan tashqari tanish, hatto yangi qadoqda ham. Bu uzoq muddat ishlab chiqilgan, 150 millionlik byudjetga ega loyiha bo‘lib, unda yolg‘izlik haqidagi dramani rang-barang, oʻzga sayyoraliklar bilan to‘la va biroz qo‘rqinchli lahzalari ham bor quvnoq komediyaga aylantirishgan.

“Elio” — bu Pixarning avtopilot rejimidagi ishi. Go‘yoki buyurtma asosida suratga olingan blokbaster: “yoqimtoy, lekin ortiqcha murakkab bo‘lmagan narsa kerak” degan texnik topshiriqqa binoan yaratilgandek. Yoqimli, ta’sirchan, hatto ba’zida e’tiborni ushlab qoladi, lekin ramziy emas. Bu gʻamgin bolaga tavsiya qilinadigan film. Agar siz o‘zingizni yolg‘iz, keraksiz, g‘alati his qilgan bo‘lsangiz (yoki his qilsangiz), “Elio” sizni albatta tushunadi. Va, ehtimol, bu uning maqsadli auditoriyasi uchun yetarli bo‘lar.

Roman Knishev
Muallif
Roman Knishev
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling