"Xonim" hujjatli filmi premyera qilindi

E’lon qilingan sana· 314
"Xonim" hujjatli filmi premyera qilindi

Chorsu bozoriga yoʻli tushgan odamlarning aksariyati “xonimchi xola” deb tanishga ulgurgan Farida opa hayotining kichik bir qismini yoritishga qaratilgan “Xonim” hujjatli filmi yaratildi. Lola Alimova rejissyorligi ostida suratga olingan ushbu qisqa metrajli film oddiy tuyulgan turmush tarzi orqali chuqur ichki kechinmalar sokin, samimiy hayot manzaralari bilan tanishtiradi.

Tasvirga olish jarayoni bir kunda — ertalab soat 3 dan kechki 11 gacha davom etgan. Unda Farida opaning tongda uyg‘onib, xonim tayyorlab, to‘g‘orasini ko‘tarib bozorga yo‘l olganidan tortib, kun davomida qiladigan tinimsiz mehnati haqidagi parchalar tasvirlangan. Filmdagi har bir kadr, har bir sokin harakat ortida yurakga yetib boruvchi, chuqur tuyg‘ular yashiringan.

“Xonim” — bu faqat milliy taom yoki film emas. Bu fidoyilik, bag‘rikenglik va sharq ayolining ko‘z ilg‘amas matonatini o‘zida mujassam etgan lavhalar yig‘indisidir.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling