Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (26-iyun)

Oʻzbekiston kinoteatrlarida Bred Pitt ishtirokidagi “Формула 1” sport dramasi, “М3ГАН 2.0” ilmiy-fantastik filmi, “Игра в кальмара: Перезагрузка” trilleri va boshqa yangi premyeralar namoyishi boshlandi.
“Формула 1”
“Formula-1” yulduzi Sonni Xeys 1990-yillardayoq jiddiy avariyadan so‘ng sportdan ketgan. Oradan ko‘p yillar o‘tib, APXGP poyga jamoasi egasi undan ikkinchi pilot boʻlishni va vunderkind Joshua Pirsga murabbiy sifatida qo‘shilishni so‘raydi.
“М3ГАН 2.0”
Jemma oʻzi yaratgan M3gan texnologiyasini o‘g‘irlagan pudratchi tomonidan yaratilgan Ameliya harbiy ishlanmasini yo‘q qilish uchun oʻz texnologiyasini qayta tiklaydi.
“Игра в кальмара: Перезагрузка”
Blogerlar guruhi mashhur bo‘lishni istaydi va noodatiy kvestda ishtirok etadi. Ularni turli xildagi murakkab omon qolish o‘yinlari kutmoqda va har bir yangi darajada stavkalar ko‘tariladi. Yangi o‘yinda kim gʻolib boʻladi?
“Шпионская свадьба”
Aytishlaricha, eng yaxshi maxsus agentlar bu to‘y uchun tanlovlar o‘ylab topishni so‘ragan. Ekzotik orol, mashhur oshpazlarning eng yaxshi taomlari, nikoh libosi. Kelinning dugonasi rolida esa u butun dunyodagi jinoyatchilikni yo‘q qilishni orzu qiladigan haqiqiy super ayg‘oqchi. Nima noto‘g‘ri ketishi mumkin? Ammo boyotalarni garovga olishga qaror qilgan qurollangan yollanma askarlar bayramga soya soladi. Agent Semning o‘qlangan qurolnni ishlatishdan boshqa iloji qolmadi.
“Три богатыря. Ни дня без подвига 2”
Uch bahodir har kuni yangidan-yangi ertaknamo qahramonliklarga tayyor turadi. Qudratli uchlikning qo‘lidan hamma narsa keladi — oliy darajadagi chet el shohini kutib olish, soxta firibgarlarni fosh qilish, ot Yuliyning gapirish qobiliyatini qaytarish va knyazni yana chivindan odamga aylantirish. Ular buni har doimgidek quvnoqlik, do‘stlik va zukkolik bilan qilishadi.
“Кроссы”
Tay va Maksin — umr bo‘yi chang zarrachalaridan ehtiyotlab kelingan elita krossovkalarining ajralmas juftligi. Ko‘chada yugurish, to‘p o‘ynash yoki tagcharmga yopishadigan saqichlar ular uchun mutlaqo begona. Biroq bir kuni bu zamonaviy juftlik bir-biridan ayriladi. Endi ular qayta topishish uchun iplarini mahkamroq bog‘lab, Nyu-York ko‘chalaridagi asl hayotdan tatib ko‘rishi zarur.
“100% тигр”
Teo — o‘z turining so‘nggi vakili deb hisoblangan yosh Tasmaniya yo‘lbarsi. Bolalik davri uni chaqaloqligidan topib olgan quvnoq kurashchi kengurular orasida o‘tdi. Biroq kunlardan bir kun Teoni o‘zining sirli o‘tmishi va najotga muhtoj ona yurti haqidagi g‘alati oʻylar qiynay boshlaydi. Yangi do‘stlari bilan birga Teo o‘rmonlar, sahrolar va tog‘lardan o‘tib, haqiqiy oilasini topish va vatanini dushman changalidan qutqarish uchun Avstraliya bo‘ylab sarguzashtga otlanadi.