Ra'no Shodiyeva Shanxaydagi xalqaro kinofestivalda "Eng yaxshi aktrisa" mukofotini qoʻlga kiritdi

E’lon qilingan sana· 160
Ra'no Shodiyeva Shanxaydagi xalqaro kinofestivalda "Eng yaxshi aktrisa" mukofotini qoʻlga kiritdi

Xitoyning Chongqing shahrida bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar kinofestivalida Ra’no Shodiyeva “Bahorni quvib” filmidagi roli uchun “Eng yaxshi aktrisa” mukofotini qoʻlga kiritdi.

“Xursandchiligimni ichimga sigʻdira olmayapman. Shanxaydagi xalqaro kinofestivalda mening kinom va men sovringa loyiq koʻrildim. Rejissyorim Ayub Shahobiddinov bu rolni menga ishongani uchun katta rahmat aytmoqchiman”, — dedi aktrisa.

Ma’lumot uchun, filmda oʻzbek ayoli kechinmalari va insoniy munosabatlar haqida hikoya qilinadi. Ayub Shahobiddinov rejissyorlik qilgan kino uchun ssenariyni yozuvchi va dramaturg Erkin A’zam yozgan.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar kinofestivalida kino sohasidagi hamkorlik masalalari bag‘ishlangan maxsus forum, kinonamoyishlar va tanlovlar tashkil etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Ayub Shahobiddinovning yangi "Bahorni quvib" filmi premyera qilinadi

Rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan yangi "Bahorni quvib" filmi 18-dekabr kuni premyera qilinadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar berdi.