Skarlett Yoxansson Gollivudning eng koʻp daromad koʻrgan aktrisasiga aylandi

E’lon qilingan sana· 475
Skarlett Yoxansson Gollivudning eng koʻp daromad koʻrgan aktrisasiga aylandi

Aktrisa avvalgi yetakchilar Samuel L. Jekson va Robert Daunini ortda qoldirdi.

Skarlett Yoxansson barcha davrlarning eng koʻp daromad koʻrgan aktrisalari roʻyxatida rasman birinchi oʻrinni egalladi.

Uning filmlari butun dunyo bo‘ylab jami 14,8 milliard dollar yig‘di, shu jumladan, so‘nggi blokbaster “Yura davri dunyosi: qayta tugʻilish” birinchi haftadayoq 318 million dollar yig‘di. Aktrisa erishgan natijaning 8,7 milliard dollardan ortig‘i Marvel filmlariga to‘g‘ri keldi.

Yoxansson avvalgi yetakchilar Semyuel L. Jekson (14,6 milliard) va Robert Daunini (14,2 milliard) ortda qoldirdi va Gollivudning ham ayollar, ham erkaklar orasidagi eng muvaffaqiyatli ijodkoriga aylandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling