Mert Ramazan Demir yangi serialda bosh rolni ijro etadi
E’lon qilingan sana: · 350

Mert Ramazan Demir va Miray Daner Disney+ raqamli platformasi uchun maxsus suratga olinadigan “Bizga hech narsa bo‘lmaydi” nomli yangi serialda bosh rollarni ijro etishadi. Suratga olish jarayoni bilan MF Yapım kompaniyasi shug‘ullanadi. Ko‘p qismli filmni ilgari “Qora niyat”, “Bahor” seriallari ustida ishlagan Neslihan Yeshilyurt boshqaradi. Ssenariyni Pinar Bulut yozgan.
Miray Daner ekranlarda qahramonning obrazini gavdalantiradi.
Bo‘lajak premyeraning tafsilotlari hozircha oshkor etilmayapti, biroq Oltuntoshning aytishicha, tomoshabinlarni turli dunyolarga mansub ikki yoshning kuchli sevgisi haqidagi yorqin va hayajonli hikoya kutmoqda.
Yangi turk serialining premyerasi 2025-yil kuzida bo‘lishi rejalashtirilgan.