Meril Strip va Enn Xeteuey ishtirokidagi "Qattiqqoʻl xonim 2" filmining ilk kadrlari e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 1 138
Meril Strip va Enn Xeteuey ishtirokidagi "Qattiqqoʻl xonim 2" filmining ilk kadrlari e'lon qilindi

Aktrisa Enn Xeteuey Meril Strip bilan birga suratga tushayotgan “Qattiqqoʻl xonim 2” (“Devil Wears Prada 2”) filmining ilk kadrlarini e’lon qildi.

“Oskar” mukofoti sovrindori videoda ham koʻrinish bergan. Unda aktrisa suratga olish maydonchasiga birinchi film rejissyori Devid Frenkelning ko‘zoynagiga o‘xshash ko‘zoynak olib kelganini aytadi.

“Filmda suratga tushganlarning barchasi buni (koʻzoynakni — tahr.) sevadi va 20 yil oldin sotib olishgan. Ular hali ham bizda bor. Men ularni suratga olishning birinchi kunida omad uchun olib keldim”, — dedi Enn.

Bir necha kundan so‘ng GC Images suratga olish maydonchasida Miranda Pristli obrazida paydo bo‘lgan Meril Stripning suratini namoyish etdi.

“Qattiqqoʻl xonim 2” filmi moda jurnali bosh muharriri Miranda Pristlining bosma matbuot tanazzuli bilan qanday yuzma-yuz kelgani haqida hikoya qiladi. Uning sobiq yordamchisi Emili endi hashamatli kompaniyani boshqaradi va uning reklama byudjeti Pristli nashri uchun ayni muddao hisoblanadi.

Shuningdek, filmda Emili Blant, Lyusi Liu, Jastin Teru, BJ Novak, Polin Shalame va Kennet Brana ham suratga tushmoqda. Ikkinchi qism davomi birinchi filmda ham rejissyorlik qilgan Devid Frenkel tomonidan suratga olinadi. Ssenariyni Elin Brosh MakKenna yozgan. Kartina 2026-yil 1-mayda premyera qilinishi rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling