Disney "Hayvonlar shahri 2" multfilmining yangi treylerini e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 224
Disney "Hayvonlar shahri 2" multfilmining yangi treylerini e'lon qildi

Ikkinchi filmning syujetida yana politsiyachi quyon Judi Xopps va ayyor tulki Nik Uayld yangi tergovda birlashadi. Ular Hayvonlar shahri olamidagi birinchi sudraluvchi Gari De'Snake ismli sirli ilonni izlashi kerak.

Disney kinokompaniyasi “Hayvonlar shahri 2” multfilmining yangi treylerini e’lon qildi.

Ikkinchi filmning syujetida yana politsiyachi quyon Judi Xopps va ayyor tulki Nik Uayld yangi tergovda birlashadi. Ular Hayvonlar shahri olamidagi birinchi sudraluvchi Gari De’Snake ismli sirli ilonni izlashi kerak.

Premyera arafasida yaratuvchilar Hayvonlar shahri xaritasini kengaytirishga va’da berdi. Endi qahramonlar nafaqat shaharni, balki yangi hayvonlar va jinoiy sindikatlar rahbarlari faoliyat yuritadigan botqoqli hududlarni va chekka choʻl hududlarini ham oʻrganadi.

Rejissyor va ssenariy muallifi Jared Bush boʻlib, u birinchi qism va “Enkanto” multfilmlarida ishlagan.

Multfilm butun dunyo boʻylab 26-noyabr kuni premyera qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling