Rejissyor Abdurahmon Abdunazarov 72 yoshida vafot etdi
E’lon qilingan sana: · 210

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rejissyor Abdurahmon Abdunazarov 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Rejissyor “Temir xotin”, “Jononga bordim bir kecha”, “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”, “Mayli, saylang”, “Baxtiyorni uylantiramiz”, “Gulya + Erik”, “Boy ila…”, “Momo yer” singari o‘nlab spektakllari bilan mashhur boʻlgan. Shuningdek, ijodiy studiyalar rivojiga katta hissa qo‘shgan.
Bundan tashqari, u Andijon viloyati san’at kollejida pedagog sifatida faoliyat yuritgan.