Yangi Remboni kim oʻynashi ma'lum boʻldi

E’lon qilingan sana· 106
Yangi Remboni kim oʻynashi ma'lum boʻldi

Film Vetnam urushi paytida Remboning yashil beret sifatida shakllanishi haqida hikoya qiladi.

“Deadline” nashri ma’lumotlariga koʻra, Noy Sentineo ishchi nomi “Jon Rembo"deb nomlangan kelgusidagi prekvelda yosh Jon Rembo rolini ijro etishi rasman ma’lum qilindi. Film Vetnam urushi paytida Remboning yashil beret sifatida shakllanishi haqida hikoya qiladi.

“O‘lmas” filmi bilan tanilgan finlandiyalik Yalmari Xelander rejissyor etib tayinlandi, ssenariy esa Rori Xeyns va Suhrob Noshirvani juftligi tomonidan yozildi. Film Millennium Mediada ishlab chiqarilmoqda. Suratga olish ishlari Tailandda 2026-yil boshida boshlanishi rejalashtirilgan, Lionsgate esa asosiy potentsial distribyutor sifatida ko‘rilmoqda.

Ilgari original Rembo filmlarida bosh rolni ijro etgan Silvestr Stallone yangi loyihada ishtirok etmayapti, biroq u amalga oshirilayotgan loyiha va aktyorlar tanlovi haqida xabardor.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling