Jonni Depp Jek Chittak roliga qaytishga tayyor

E’lon qilingan sana· 90
Jonni Depp Jek Chittak roliga qaytishga tayyor

Shuningdek, Orlando Blum va Kira Naytli franshizaning yangi qismida Deppga qoʻshilishi mumkinligi haqida ehtimollarlar mavjud.

Entertainment Weekly nashriga bergan intervyusida prodyuser Jerri Brukhaymer aktyor Jonni Depp bilan “Karib dengizi qaroqchilari"ning oltinchi qismida Kapitan Jek Chittak rolini qayta ijro etish masalasida muzokaralar olib borganini tasdiqladi.

Prodyuser hozir Depp bu taklifga ochiq ekanini va agar ssenariy yoqsa, Depp qaytib kelishiga umid bildirdi. Rasmiy ravishda, mazkur qism qayta boshlash formatida amalga oshiriladi. Brukhaymer “agar hamma narsa yaxshi yozilgan boʻlsa, Jonni albatta rozi boʻladi”, deb ta’kidladi. Ammo hali ssenariy ustida ishlash kerakligini aytib oʻtdi.

Ilgari, bir nechta insayderlar muzokaralar qizgʻin davom etayotganini va Disney tez orada ishlab chiqarishni boshlashi mumkinligini ta’kidladilar, ammo hozircha rasmiy tasdiq yoʻq. bundan tashqari, bir vaqtning o‘zida ikkita ssenariy ishlab chiqilayotgani ma’lum — biri Jek ishtirokida, boshqasi esa usiz. Avvalroq e’lon qilingan Margo Robbi ishtirokidagi spin-off, ehtimol, an’anaviy kapitan qaytishi foydasiga kechiktirilgan.

Shuningdek, Orlando Blum va Kira Naytli franshizaning yangi qismida Deppga qoʻshilishi mumkinligi haqida ehtimollar bor.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling