"K-Pop Demon Hunters" Netflix tarixidagi rekordni yangiladi

Musiqali animatsion film relizidan soʻng ikki oy ichida 236 million marta tomosha qilingan.
“K-Pop Demon Hunters” animatsion musiqiy filmi rasman striming tarixini kirdi: Netflix’da reliz qilinganidan soʻng ikki oy ichida film 236 million marta ko‘rilgan va Netflix’ning eng mashhur loyihasiga aylandi. Film 2021-yildan buyon rekord o‘rnatgan Dveyn Jonson, Gal Gadot va Rayan Reynolds ishtirokidagi “Qizil xabarnoma” jangari filmining shu kungacha saqlab kelayotgan yetakchiligini ortda qoldirdi.
Film premyerasi 2025-yil 20-iyunda Netflix platformasida bo‘lib o‘tgan hamda Janubiy Koreya va Qo‘shma Shtatlarda karaoke-seanslari bilan kinoteatr formatida namoyish etilgan. Animatsiya, musiqiy sahnalar va madaniy havolalarning noyob kombinatsiyasi bilan film ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab boʻldi, TikTok va Instagram saundtrek qo‘shiqlariga mos raqs fleshmoblari bilan to‘lib-toshdi, kompozitsiyalarning o‘zi esa bir zumda Billboard reytinglariga kirdi.
Syujet markazida Huntr/x guruhi — kunduzi muxlislar stadionlarini yig‘ib, tunda esa o‘z muxlislarini va insoniyatni g‘ayritabiiy tahdiddan himoya qilib, maxluqlarga qarshi kurashadigan xayoliy K-pop guruhining uchta a’zosi. Asosiy antagonistlar Saja Boys bolalar guruhi boʻlib, ular yovuz kuchlar izmida boʻladilar.