Disney “Ice Age: Boiling Point” multfilmining premyera sanasini e’lon qildi

E’lon qilingan sana· 193
Disney “Ice Age: Boiling Point” multfilmining premyera sanasini e’lon qildi

Deadline nashriga koʻra, Disney Destination D23 tadbirida “Muzlik davri” animatsion franshizasining oltinchi filmi — “Ice Age: Boiling Point” filmining treylerini taqdim etdi.

Yangi qismda asosiy qahramonlar — Manni, Sid, Diego va Elli o‘z sarguzashtlarini davom ettiradilar. Ular bu safar muzliklardan tashqari lava, vulqonlar va xavfli dinozavrlar mavjud bo‘lgan olamda turli sinovlarga duch kelishadi.

Ovoz beruvchi aktyorlar tarkibida Ray Romano (Manni), John Leguizamo (Sid), Denis Liri (Diego) va Quin Latifah (Ellie) yana ishtirok etadi. Shuningdek, Simon Pegg Bak qahramoni orqali filmga qaytadi.

Film dastlab 2026-yil 18-dekabrida namoyish etilishi rejalashtirilgan edi. Biroq keyinchalik Disney kompaniyasi tomonidan kechiktirildi. Filmning xalqaro premyerasi 2027-yil 5-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling