Qasoskorlar oʻldi: "Marvel zombilari" serialining birinchi treyleri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 235
Qasoskorlar oʻldi: "Marvel zombilari" serialining birinchi treyleri e'lon qilindi

Voqea "Nima bo‘lardi, agarda?" turkumining bir qismida ilk bor ko‘rsatilgan muqobil Marvel kino olamida kechadi.

Marvel kompaniyasi “Marvel Zombies” mini-seriyasining birinchi treylerini — Marvel’ning kattalar reytingiga ega birinchi yangi animatsion filmini chiqardi.

Voqea “Nima bo‘lardi, agarda?” turkumining bir qismida ilk bor ko‘rsatilgan muqobil Marvel kino olamida kechadi. Superqahramonlar va yovuzlar virusga chalinib, zombilarga aylanishadi. Endi tirik qolganlar guruhi bu pandemiyani to‘xtatish yo‘lini topishi lozim.

Tomoshabinlar taniqli ovozlarni kutmoqda: Elizabet Olsen (Scarlet Witch), Simu Liu (Shang-Chi), Devid Xarbor (Red Guardian), Iman Vellani (Ms. Marvel) va oʻnlab boshqalar.

Mini-serialning barcha to‘rtta qismi 24-sentabr kuni Disney+'da namoyish etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling