"Adolescence" seriali rekord oʻrnatdi: Los-Anjelesda Emmi mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

E’lon qilingan sana· 42
"Adolescence" seriali rekord oʻrnatdi: Los-Anjelesda Emmi mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Los-Anjelesda televizion san’at sohasidagi yutuqlar uchun 77-Emmi mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mukofotlar soni bo‘yicha “The Studio” seriali yetakchilik qildi. Ushbu loyiha 13 nominatsiya bo‘yicha g‘olib chiqdi. “The Penguin” seriali to‘qqizta haykalcha, “Severance” sakkizta haykalchani qoʻlga kiritdi. “The Pitt” “Eng yaxshi dramatik serial” deb topildi.

“Eng yaxshi mini-serial yoki antologiya” nominatsiyasida “Adolescence” dramasi g‘olib bo‘ldi. 15 yoshli aktyor Ouen Kuper mini-serialdagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor sifatida taqdirlandi. U tarixda ushbu mukofotni yutgan eng yosh aktyorga aylandi. Serialning o‘zi jami sakkizta mukofotni qo‘lga kiritdi.

Gʻoliblar roʻyxati:

  • Eng yaxshi dramatik serial — “The Pitt”;
  • Dramatik serialdagi eng yaxshi aktyor — Noa Uayl (“The Pitt”);
  • Dramatik serialdagi eng yaxshi aktrisa — Britt Louer (“Severance”);
  • Dramatik serialdagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor — Tramell Tillman (“Severance”);
  • Dramatik serialdagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa — Erin Doerti (“Adolescence”);
  • Eng yaxshi komedik serial — “The Studio”;
  • Komedik serialdagi eng yaxshi aktyor — Set Rogen (“The Studio”);
  • Komedik serialdagi eng yaxshi aktrisa — Jin Smart (“Hacks”);
  • Komedik serialdagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor — Jeff Heller (“Somebody Somewhere”);
  • Komedik serialdagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa — Ханна Эйнбиндер (“Hacks”);
  • Eng yaxshi mini-serial — “Adolescence”;
  • Mini-serialdagi eng yaxshi aktrisa — Kristin Milioti (“The Penguin”);
  • Mini-serialdagi eng yaxshi aktyor — Stiven Grem (“Adolescence”);
  • Mini-serialdagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor — Ouen Kuper (“Adolescence”);
  • Mini-serialdagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa — Erin Doerti (“Adolescence”);
  • Dramatik serialdagi eng yaxshi rejissyor — Adam Rendell (“Slow Horses”);
  • Dramatik serialdagi eng yaxshi ssenarist — Den Gilroy (“Andor”);
  • Mini-serialdagi eng yaxshi rejissyor — Filip Barantini (“Adolescence”);
  • Eng yaxshi tok-shou — “The Late Show with Stephen Colbert”;
  • Komedik serialdagi eng yaxshi rejissyor — Set Rogen va Evan Goldbers (“The Studio”);
  • Komedik serialdagi eng yaxshi ssenariy — “The Studio”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling