Tom Holland "Oʻrgimchak odam" filmi suratga olish jarayonida jarohat oldi

E’lon qilingan sana· 91
Tom Holland "Oʻrgimchak odam" filmi suratga olish jarayonida jarohat oldi

Marvel va Sony kompaniyalari tomonidan ishlanayotgan “O‘rgimchak odam” filmining yangi qismini suratga olish jarayonida bosh qahramon ijrochisi Tom Hollandning miyasi chayqaladi. Bu haqda Entertainment Weekly xabar berdi.

Qayd etilishicha, aktyor kasalxonaga yotqizilgan, suratga olish ishlari vaqtincha to‘xtatilgan. Hollandga yengil miya chayqalishi tashxisi qo‘yilgan, tibbiy yordam ko‘rsatilgan va tez fursatda uyiga javob berilgan. U bir necha kundan keyin ishga qaytishni rejalashtirmoqda.

“O‘rgimchak odam. Butunlay yangi kun” filmi Tom Holland Piter Parker rolini ijro etgan toʻrtinchi yakkaxon film boʻladi. Kinokartina syujeti hozircha sir saqlanmoqda. Kartina premyerasi 2026-yil 31-iyulga belgilangan.

Avvalroq Tom Holland yangi oʻrgimchak odam kostyumini taqdim etgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Endryu Garfild Oʻrgimchak odam roliga qaytadimi?

Britaniyalik aktyor Endryu Garfild O‘rgimchak odam (Piter Parker) obraziga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi. Bu haqda Deadline xabar berdi.

"Oʻrgimchak odam 4" filmining premyera sanasi oʻzgardi

Tom Holland bosh rolni ijro etadigan "O‘rgimchak odam" franshizasining to‘rtinchi qismi premyerasi keyinroqqa qoldirildi. Bu haqda Sony studiyasiga tayanib THR xabar bermoqda.