Anons
Munavvara Abdullayeva ijodiy kechasi
E’lon qilingan sana: · 133

Milliy kino san’ati saroyida Munavvara Abdullayeva tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda sanʼatkorning sahnadagi ijrolari, milliy kino sanʼati rivojiga qo‘shgan hissasi, shogirdlar tarbiyasidagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, Munavvara Abdullayeva ishtirok etgan filmlardan parchalar namoyish etilishi hamda aktrisaning hayoti va ijodiga oid fotoko‘rgazma ham taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Kirish bepul.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 77 -287−8888; (+998) 77−297−8888.