Aktrisa Dakota Jonson oʻzining ilk filmini suratga oladi

Bosh rollarni Charli XCX va Jessika Alba ijro etadi.
Aktrisa Dakota Jonson “A Tree Is Blue” filmi bilan rejissyorlik debyutiga tayyorlanmoqda. U, shuningdek, o‘zining TeaTime Pictures kompaniyasi orqali filmning prodyuseri sifatida ham ishtirok etadi.
Film autizm spektri buzilishiga ega bo‘lgan bir qiz haqidadir. U haddan tashqari g‘amxo‘r, ammo mehribon onasining nazoratidan ozod bo‘lib, erkinlik, do‘stlik va sarguzashtlarni izlab yo‘lga chiqadi.
Ssenariyni “Cha-cha-cha ritmida” filmi muallifi Vanessa Bergxardt yozadi — u ham o‘zi autizm spektri buzilishiga ega. Asosiy suratga olish ishlari noyabr oyida Los-Anjelesda boshlanadi.
Dakota ilgari “Omadsiz bola” nomli qisqa metrajli filmni ham suratga olgan bo‘lib, uning premyerasi 2024 yilda Toronto kinofestivalida bo‘lib o‘tgan.