Jonni Dep qaytmoqda: u “A Christmas Carol”ning yangi talqinida Skruj rolini ijro etadi

E’lon qilingan sana· 71
Jonni Dep qaytmoqda: u “A Christmas Carol”ning yangi talqinida Skruj rolini ijro etadi

Paramount studiyasi mashhur “A Christmas Carol” (Rojdestvo qo‘shig‘i) asarining yangi versiyasini suratga olishga tayyorlanmoqda — bosh rolni esa Jonni Dep o‘ynaydi, deya xabar bermoqda Deadline nashri.

Film rejissyori horrror janrida “X”, “Pearl” va “MaXXXine” trilogiyasi bilan tanilgan Ti West. Andrea Riseborough (“To Leslie”, “Oblivion”) ham aktyorlar tarkibiga qo‘shilgan. Ssenariyni Nataniel Halpern yozgan, prodyuserlikni esa Emma Uoats amalga oshiradi.

Bu loyiha Dep uchun sud jarayonlaridan keyingi eng yirik ish bo‘ladi. So‘nggi yillarda u “Day Drinker” filmida Penelopa Cruz bilan birga suratga tushgan edi. Endi esa u yana o‘zining noodatiy, xarizmatik obrazlari bilan tanilgan rollaridan birini yaratadi. Bu safar xasis va sovuq tabiat Ebenezer Skruj sifatida namoyon boʻladi.

Qiziq tomoni shundaki, bu yil “A Christmas Carol"ning yana bir talqini ham ishlab chiqilmoqda. Warner Bros. versiyasini Robert Eggers suratga oladi, unda Skruj rolini Uilyem Defo ijro etadi.

Charles Dickensning bu klassik hikoyasi ko‘p marta ekranlashtirilgan, ammo Ti Westning qorong‘i va sirli uslubi yangi filmga butunlay boshqacha ruh bag‘ishlashi kutilmoqda.

Premyera sanasi 2026-yil 13-noyabr.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling