"Stranger Things" seriali yakuniy mavsumining toʻliq treyleri e'lon qilindi

Netflix “Stranger Things” serialining beshinchi, so‘nggi mavsumining to‘liq treylerini taqdim etdi. Serialning birinchi qismi premyerasi 26-noyabrga, ikkinchisi esa 25-dekabrga rejalashtirilgan. Yakuniy qismlar esa 31-dekabr kuni e’lon qilinadi.
Treylerda harbiylar Vekna voqeasidan keyin ozodlikka chiqqan maxluqni to‘xtatishga urinib, shaharni to‘sib qo‘yadi. Kadrlarda bosh qahramonlar yer ostidan chiqayotgan demogorgonlar va kurashda qonga belangan, qo‘rqqan hamda holdan toygan holda ko‘rsatiladi.
Serial sinopsisiga ko‘ra, bosh qahramonlar Veknani qidirishadi, lekin u g‘oyib bo‘lgan. Xokins shahri endi harbiylar nazorati ostida va ular O‘n birinchi personajini qidirmoqda, shu sababdan u yashirinishga majbur.
“So‘nggi jang yaqinlashmoqda. Bu mavsumdagi zulmat, qahramonlar ilgari duch kelgan hamma narsadan kuchliroq va halokatliroq. Bu dahshatga barham berish uchun barcha — butun jamoa oxirgi marta bir joyga to‘planishi kerak”, — deyiladi tavsifda.
Avvalroq Nike “Stranger Things” seriali asosida krossovkalar chiqarishi haqida xabar berilgandi.