"Toy Story 5" multfilmining ilk tizeri e'lon qilindi

Loyiha rejissyori va ssenariy muallifi Endryu Stenton, “WALL-E” va “Nemoni izlab” multfilmlari bilan tanilgan.
Pixar va Disney “Oʻyinchoqlar tarixi 5” uchun rasmiy tizerni taqdim qildi.
Vudi tashlab ketilgan o‘yinchoqlarga yordam berishga qaror qilgach, Jessi Bonni ismli qizning o‘yinchoqlar jamoasini boshqara boshladi, Bazz Layter esa unga yordam beradi. Biroq sakkiz yoshli Bonni endi yangi raqamli qurilma — Lilipad o‘yinchoq planshetiga qiziqib qoldi. Bu esa an’anaviy o‘yinchoqlarning “ahamiyatini” xavf ostiga qo‘yib, klassik o‘yin va zamonaviy texnologiya o‘rtasida ziddiyat keltirib chiqardi.
Loyihani “WALL-E” va “Nemoni izlab” multfilmlaridagi ishlari bilan tanilgan Endryu Stenton rejissyorlik hamda mualliflik qiladi. Unga McKenna Xarris (Elemental) rejissyor sifatida qoʻshiladi. Bosh rollardagi ovoz aktyorlari safi oʻzgarmagan: Tom Xenks (Vudi), Tim Allen (Baz Layter), Joan Kusak (Jessi) va boshqalar. Yangi kelganlar orasida Greta Li (planshet oʻyinchoqlari Lilipad) va Konan OʻBrayen (Smarty Pans texno oʻyinchoqlari) bor.
“O‘yinchoqlar tarixi 5” 2026-yil 19-iyun kuni kinoteatrlarda premyera qilinadi.