"Moana" remeykining birinchi tizeri e'lon qilindi

Moananing bosh rolini birinchi bor sahnaga chiqayotgan Ketrin Lagayya ijro etsa, yarim xudo Maui rolini yana bir bor Dueyn Jonson o‘ynaydi.
Walt Disney Pictures kompaniyasi 2016-yilda ishlab chiqatilgan xuddi shu nomdagi animatsion filmning jonli remeyk bo‘lgan “Moana” filmining birinchi treylerini taqdim etdi.
Tinch okeani orolidagi kichik qabila boshlig‘ining qizi, qo‘rqmas Moana, dunyodagi hamma narsadan ko‘ra sarguzashtlarni orzu qiladi va xavfli dengiz safariga chiqishga qaror qiladi. Bir vaqtlar qudratli yarim xudo bo‘lgan Maui bilan birga ular okeanni kesib o‘tishlari, dahshatli maxluqlar bilan kurashishlari va qadimiy lanatlarni sindirishlari kerak bo‘ladi.
Bosh rol, Moana rolini yosh aktrisa Ketrin Lagayya ijro etadi, Dueyn Jonson esa yarim xudo Maui rolida qaytadi. Filmga 2020-yilda “Xamilton” musiqiy filmini ishlab chiqarishi bilan tanilgan Tomas Kayl rejissyorlik qiladi. Ssenariy muallifi Jared Bush (“Zootopiya”) va Dana Ledu Miller (“Narcos”).
Film premyerasi 2026-yil 10-iyulda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.