“Drakula” filmi oʻzbek tiliga dublyaj qilindi
E’lon qilingan sana: · 371

30-noyabr kuni “Kinopoisk” portaliga “Drakula” filmining oʻzbekcha dublyajdagi versiyasi joylandi.
Personajlarga quyidagilar ovoz bergan:
- Vlad — Ixtiyor Otajonov;
- Elizabet, Mina — Nazokat Abddurahmonova;
- Jonatan — Shomahmud Shorasulov;
- Mariya — Laziza Mirkomilova;
- Dyumon — Boir Xolmirzayev;
- Ruhoniy — Aziz Latipov;
- Genri — Nodir Mirzaahmedov;
- Klerk — Otabek Iskandarov;
- Episkop — Ma’ruf Qodirov;
- Beka, Rohiba — Ruxshona Ne’matjonov.
Film syujeti 1480-yillar haqida hikoya qiladi. Knyaz Vlad Drakula faqat rafiqasi Elizabetning yonida bo‘lishni orzu qiladi. Burchi esa uni jang maydonida turk bosqinini to‘xtatishga chaqiradi, u Xudodan faqat bir narsani — urush paytida xotinining hayotini saqlab qolishni so‘raydi. U dushmanlarini muvaffaqiyatli magʻlub etar ekan, uning xotiniga hujum qilishadi.
Avvalroq “Kinopoisk"ka “Tarjimon”, “The Equalizer”, “Nojentlmencha ishlar vazirligi”, “Garfild”, “Bad Boys: Ride or Die”, “Karatechi bola” va boshqa filmlarning oʻzbek tilidagi dublyaji joylangandi.