"Зверополис-2" jahon prokatida 556 million dollar to‘plab, rekord oʻrnatdi

Premyera qilinganiga bir hafta boʻlmagan “Зверополис-2” jahon prokatida 556 million dollar to‘pladi. Animatsion film rekord o‘rnatdi va AQShdan tashqarida eng ko‘p daromad keltirgan multfilmga aylandi, deya xabar berdi Deadline.
Film premyerasi tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan global startlar orasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Ushbu reytingda dastlabki uch o‘rin ham Disney’ga tegishli. Bular, “Qasoskorlar: Final” (1,2 mlrd dollar), “Qasoskorlar: Cheksizlik jangi” (640,5 mln dollar) va “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” (600,5 mln dollar) kinokartinalaridir.
Multfilmning ikkinchi qismida yangi tayinlangan politsiyachilar Judi va Nik o‘zlarining munosabatlari ustida ishlashi uchun juftlik terapiyasiga yuboriladi. Ularning terapevti yangi qahramon — kvokka Fazzbi bo‘ladi. Jarayon davomida Nik va Judi yangi ishga jalb qilinadi. Ular hayvonlar megapolisini ag‘dar-to‘ntar qilgan zaharli ilon Garini to‘xtatishi kerak.
Ushbu multfilm uchun chiptalarni Afisha.uz'ning “Kino” boʻlimi orqali xarid qilish mumkin.