Time jurnali Leonardo Di Kaprioni 2025-yilning eng yaxshi artisti deb topdi

Aktyor yangi son muqovasi uchun ham suratga tushdi.
Leonardo Di Kaprio Time jurnali bo‘yicha 2025-yilning eng yaxshi aktyori deb tan olindi. Nashrning rasmiy veb-saytida bu haqda xabar bilan birga, aktyorning ijodiy yo‘liga bag‘ishlangan katta maqola ham e’lon qilindi.
Maqolada uning birinchi muvaffaqiyatli bosh rolidan boshlab, yetti marta “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgani va faqat bir marta g‘olib chiqqani haqida so‘z yuritilgan. Jurnalda, shuningdek, “…hozir uni ko‘rishni, ehtimol, har qachongidan ham ko‘proq xohlashmoqda” degan fikr ham keltirilgan.

Jurnalistlar, 1993-yilda suratga olingan “Boy's Life” filmidagi o‘yinni tilga olishdi, bu uning iste’dodli ekani isboti edi. 2025-yilda Di Kaprio ishtirokidagi yangi film — Pol Tomas Andersonning “One Battle After Another” filmi chiqdi. Ushbu film tomoshabinlar va tanqidchilar orasida eng koʻp tilga olindi va “Oltin globus” nominatsiyasiga sazovor boʻldi.