Jonni Depp “Usta va Margarita”ning ingliz tilidagi talqinini ishlab chiqaradi

Depp filmda rol o‘ynashni rejalashtirmaganligini ta’kidladi.
Jonni Depp Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” romanining ingliz tilidagi birinchi filmini suratga oladi.
Bu xabarni Deadline nashri tasdiqladi, unda aktyor Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan “Red Sea” kinofestivalida loyihani taqdim etgani va u yerda film ustida ish boshlanganini e’lon qilgani ta’kidlangan. Depp filmda rol o‘ynashni rejalashtirmaganligini aytib oʻtgan. Ssenariy muallifi va rejissyor haqidagi savollar ochiqligicha qolmoqda — loyihada hali rasmiy tasdiqlangan rejissyor yo‘q va ssenariy mualliflari jamoasi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Depp uchun loyiha avval u bilan “Jeanne du Barry” va “Modi, Three Days on the Wing of Madness” filmlarida ishlagan Svetlana Dali bilan hamkorlikning yangi bosqichini anglatadi.
Bulgakovning 1930-yillarda yozilgan va yozuvchi vafotidan o‘n yillar o‘tib nashr etilgan roman XX asr jahon adabiyotining eng zalvorli asarlaridan biri hisoblanadi. Asar syujeti ikki davr — 1930-yillardagi Moskva va Pontiy Pilat davridagi Quddus — satira, falsafiy masal va tasavvuf unsurlarini o‘zida jamlagan. Hikoya shaytonning sovet Moskvasiga qilgan hajviy tashrifi, azob chekayotgan yozuvchi-Usta va uning sevgilisi Margarita haqidagi rivoyat, shuningdek hokimiyat, ezgulik va yovuzlik tabiati haqidagi mulohazalarni o‘zida mujassam etgan. Kitob 100 million nusxadan ortiq adad bilan sotilgan va 40 dan ziyod tillarga tarjima qilingan bo‘lib, kino va adabiyotga uzoq muddat davomida ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.