"Zootopia 2" multfilmi 17 kun ichida 1 milliard dollar yig‘ib, rekord oʻrnatdi

E’lon qilingan sana· 174
"Zootopia 2" multfilmi 17 kun ichida 1 milliard dollar yig‘ib, rekord oʻrnatdi

“Zootopia 2” multfilmi premyeradan 17 kun o‘tib, dunyo boʻylab 1 millard dollardan ortiq daromad qildi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Zootopia 2” bu natijaga har qanday Gollivud multfilmi va PG reytingiga ega boʻlgan filmdan tezroq erishgan.

Bundan tashqari, multfilm 2025-yil davomida 1 mlrd dollar ishlab topgan ikkinchi Gollivud filmi bo‘ldi. Avvalroq bunday natijaga yana bir Disney blokbasteri “Lilo va Stich” erishgandi.

Multfilmning ikkinchi qismida yangi tayinlangan politsiyachilar Judi va Nik o‘zlarining munosabatlari ustida ishlashi uchun juftlik terapiyasiga yuboriladi. Ularning terapevti yangi qahramon — kvokka Fazzbi bo‘ladi. Jarayon davomida Nik va Judi yangi ishga jalb qilinadi. Ular hayvonlar megapolisini ag‘dar-to‘ntar qilgan zaharli ilon Garini to‘xtatishi kerak.

Ushbu multfilm uchun chiptalarni Afisha.uz'ning “Kino” boʻlimi orqali xarid qilish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling