"Stranger Things" seriali yakuniy mavsumining ikkinchi qismi treyleri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 57
"Stranger Things" seriali yakuniy mavsumining ikkinchi qismi treyleri e'lon qilindi

“Stranger Things” seriali yakuniy mavsumining ikkinchi qismi treyleri chiqarildi. Yangi qismlar 25-dekabrga o‘tar kechasi, final esa 1-yanvar kuni premyera qilinadi.

Treylerda superkuchga ega boʻlgan Uillni, shuningdek, boshqa barcha bosh qahramonlarni koʻrish mumkin.

Beshinchi mavsum voqealari 1987-yilda to‘rtinchi fasl voqealaridan bir yarim yil o‘tgach sodir bo‘ladi. Syujetga ko‘ra, Xoukins aholisi Vekna va uning olamidan kelgan demogorgonlar armiyasi bilan jangga kirishadi. Shahar harbiylar nazorati ostida, mahalliy aholi esa lokdaun sharoitida yashamoqda. Harbiylar bosh qahramon O‘n birni ovlashmoqda, shuning uchun u yashirinishga majbur bo‘ladi.

Avvalroq Nike “Stranger Things” seriali asosida krossovkalar chiqarishi haqida xabar berilgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling