Anons

Ruminiya kino kunlari

E’lon qilingan sana: · 319
Ruminiya kino kunlari

Milliy kino san’ati saroyida Oʻzbekiston va Ruminiya diplomatik munosabatlarning 30 yilligi munosabati bilan Ruminiya kino kunlari boʻlib oʻtadi.

Kino kunlarining ochilish marosimi 22-dekabr kuni soat 17:00 da boshlanadi. Shundan soʻng “Warboy” kinokartinasi namoyish etiladi. 23-dekabr kuni soat 17:00 da esa “Horia” filmi qoʻyiladi.

Ikkala film ham rumin tilida va oʻzbekcha subtitrlar bilan namoyish etiladi.

Kirish bepul. Joylar soni chegaralangan.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling