Metacritic 2025-yilning eng yaxshi seriallarini e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 234
Metacritic 2025-yilning eng yaxshi seriallarini e'lon qildi

Metacritic AQShda 2025-yilda namoyish etilgan va yuqori baholangan 20 ta serial ro‘yxatini taqdim etdi.

Qayd etilishicha, seriallar 0 dan 100 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha tanqidchilarning baholaridan hisoblangan va o‘rtacha ball bo‘yicha saralangan.

7 ta taqrizdan kam bo‘lgan loyihalar reytingga kiritilmagan. Bir martalik televizion maxsus ko‘rsatuvlar va televideniye uchun maxsus suratga olingan filmlar ham roʻyxatga olinmagan.

Birinchi o‘rinni britaniyalik ijodkorlar tomonidan Netflix uchun ishlangan “Adolescence” mini-seriali egalladi. Stiven Gremning to‘rt qismli psixologik dramasi mavsumning ikkinchi yarmida chiqqan kuchli raqobatchilarni ortda qoldirib, reyting yetakchisiga aylandi.

Toʻliq 20 oʻrinlik reyting quyidagicha:

  • “Adolescence” (91 ball);
  • “Wolf Hall: The Mirror and the Light” (89 ball);
  • “Long Story Short” (89 ball);
  • “PLUR1BUS” (87 ball);
  • “The Lowdown” (86 ball);
  • “Alien: Earth” (85 ball);
  • “Best Interests” (85 ball);
  • “Forever” (84 ball);
  • “Mr. Scorsese” (84 ball);
  • “The Narrow Road to the Deep North” (83 ball);
  • “Dying for Sex” (83 ball);
  • “Ballard” (83 ball);
  • “Toxic Town” (82 ball);
  • “Pee-wee as Himself” (82 ball);
  • “The Chair Company” (82 ball);
  • “Hal & Harper” (81 ball);
  • “The Studio” (80 ball);
  • “Death by Lightning” (80 ball);
  • “The Mighty Nein” (80 ball);
  • “The American Revolution” (80 ball).

Avvalroq Afisha.uz'da “Adolescence” seriali boʻyicha taqriz e’lon qilingandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling