“Namozshomgul” oilaviy komediyasining premyerasi boʻlib oʻtadi
E’lon qilingan sana: · 2 519

Milliy kino san’ati saroyida 27-dekabr kuni rejissyor Dilbar Yusupova tomonidan suratga olingan “Namozshomgul” nomli yangi badiiy filmning katta premyerasi boʻlib oʻtadi. Bu haqda kinosaroy matbuot xizmati xabar berdi.
“Namozshomgul” filmi oilaviy komediya janrida ishlangan bo‘lib, film voqealari Guli ismli qiz hayoti atrofida kechadi. Mahallada tasodifan aytilgan oddiy bir gap kutilmagan voqealarga sabab bo‘ladi.
Film ssenariy muallifi Shoira G‘iyosova, postanovkachi rejissyor esa Dilbar Yusupova hisoblanadi. Bosh rollarni Anjelika Yesimbetova va Jamshid Asadov ijro etgan.
Shuningdek, Feruza Yusupova, Abduvali Sahiyev, Farhod Abdullayev, Ra’no Yarasheva, Barno Qodirova hamda Roza Piyazova kabi aktyor va aktrisalar ham filmda ishtirok etgan.