Critics Choice Awards 2025-yilning eng yaxshi film va seriallarini e'lon qildi
E’lon qilingan sana: · 331

Los-Anjelesda Critics Choice Awards'ning 31-taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, unda tanqidchilar 2025-yilning eng yaxshi filmlari, seriallari va ijrochilarini tanladi. Bosh sovrinni "One Battle After Another" kinokartinasi qo‘lga kiritdi, yil rejissyori esa uning muallifi Pol Tomas Anderson bo‘ldi.
Los-Anjelesda Critics Choice Awards’ning 31-taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, unda tanqidchilar 2025-yilning eng yaxshi filmlari, seriallari va ijrochilarini tanladi. Bosh sovrinni “One Battle After Another” kinokartinasi qo‘lga kiritdi, yil rejissyori esa uning muallifi Pol Tomas Anderson bo‘ldi. Quyida barcha g‘oliblar roʻyxati:
- Eng yaxshi aktyor: Timoti Shalame (“Marty Magnificent”);
- Eng yaxshi aktrisa: Jessi Bakli (“Hamnet”);
- Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor: Jeykob Elordi (“Frankenstein”);
- Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa: Emi Madigan (“Weapons”);

- Eng yaxshi original ssenariy: Rayan Kugler (“Sinners”);
- Eng yaxshi komediya: “Naked Gun”;
- Eng yaxshi animatsion film: “K-Pop Demon Hunters”;
- Eng yaxshi operatorlik ishi: Adolfo Veloso (“Train Dreams”);
- Eng yaxshi vizual effektlar: Jo Letteri, Richard Baynham, Erik Sandon va Daniel Barrett (“Avatar: Fire and Ash”)

- Eng yaxshi saundtrek: Lyudvig Goransson (“Sinners”);
- Eng yaxshi qoʻshiq: Golden (“K-Pop Demon Hunters”);
- Eng yaxshi xorijiy film: “O Agente Secreto”.
Televideniye nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblar:
- Eng yaxshi dramatik serial: “Pitt”.
- Eng yaxshi komedik seriali: “The Studio”.
- Eng yaxshi mini-serial: “Adolescence”.
- Dramatik serialdagi eng yaxshi aktyor: Noa Uayl (“Pitt”).

- Dramatik serialdagi eng yaxshi aktrisa: Rey Sixorn (“Pluribus”).
- Komedik serialdagi eng yaxshi aktyor: Set Rogen (“The Studio”).
- Komedik serialdagi eng yaxshi aktrisa: Jin Smart (“Hacks”).