A24 kinostudiyasi Robin Gud haqidagi filmning ilk treylerini e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 134
A24 kinostudiyasi Robin Gud haqidagi filmning ilk treylerini e'lon qildi

A24 kinostudiyasi “The Death of Robin Hood” filmining ilk treylerini taqdim etdi. Film Robin Gud afsonasining qora va dramatik talqinini taqdim qiladi. Bosh rolni Hyu Jekman ijro etgan.

Film ssenariy mualiffi va rejissyori Maykl Sarnoski. U avvalroq “Pig” va “A Quiet Place: Day One” filmlari bilan tanilgan. Syujetga ko‘ra, Robin Gud o‘zining jinoyatlar va qotilliklar bilan to‘la o‘tmishi bilan yuzma-yuz keladi. Og‘ir yaralangan va oxirgi jang deb o‘ylangan to‘qnashuvdan so‘ng, u sirli ayol qo‘liga tushadi va u orqali najot topish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Filmda, shuningdek, Bill Skarsgard, Murrey Bartlett va Noa Jup ham rol ijro etgan.

Shuningdek, A24 studiyasi 2026-yilga mo‘ljallangan loyihalari orasida “How to Make a Killing”, “The Undertone”, “The Drama” va “Mother Mary” kabi filmlar ham bor.

Film shu yil kinoteatrlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan, ammo aniq sana hozircha e’lon qilinmagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling