Milliy kino san’ati saroyida yangi "Hech kim bilmasin" filmi namoyishi boshlanadi

E’lon qilingan sana· 168
Milliy kino san’ati saroyida yangi "Hech kim bilmasin" filmi namoyishi boshlanadi

Milliy kino san’ati 17-yanvardan boshlab saroyida rejissyor Otabek Mirzaxolov tomonidan ishlanagan “Hech kim bilmasin” nomli yangi badiiy film namoyishi boshlanadi.

Kinokartina qishloqlardan birida kechadigan kulgili voqealar asosida suratga olingan komediya janrida. Asosiy qahramon — mahalla raisi. Oddiy tibbiy ko‘rik uchun boshlangan safar kutilmagan sirlar ochilishiga sabab bo‘ladi. Filmda qishloq hayotidagi ijtimoiy muammolar, insoniy munosabatlar va kulgili vaziyatlar tasvirlangan.

Rollarni Otabek Mirzaxolov, Umida Mirhamidova, Oybek Teshaboyev, Mavluda Hikmatova, Dilshod Mirzamurodov, Feruza Mustayeva, Javohir Zokirov, G‘ayrat Boynazarov va boshqalar ijro etishgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling