"Taxtlar oʻyini" va Eron shohi Muhammad Rizo Pahlaviy toʻyini nima birlashtirib turadi?

E’lon qilingan sana· 804
 "Taxtlar oʻyini" va Eron shohi Muhammad Rizo Pahlaviy toʻyini nima birlashtirib turadi?

Ko‘pchilik tomonidan zamonamizning eng yaxshi seriallaridan biri sifatida e’tirof etiladigan HBO kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Taxtlar o‘yini” seriali nafaqat syujeti va aktyorlar ijrosi, balki unga maxsus yozilgan musiqalari bilan ham tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Serialning musiqasi dunyo bo‘ylab taniqli bo‘lib, ko‘plab mukofotlar va ijobiy baholarga ega.

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Taxtlar o‘yini” serialining kirish musiqasi 1959-yilda Eron shahanshohi Muhammad Rizo Pahlaviyning Farah Diba bilan bo‘lib o‘tgan nikoh to‘yida chalingan musiqa bilan o‘xshash ekani haqida muhokamalar qilinmoqda. Ayrim foydalanuvchilar ushbu ohanglar o‘rtasidagi yaqinlikni plagiat sifatida talqin qilishga urinmoqda.

Ochiq manbalar va rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, “Taxtlar o‘yini” serialining bosh musiqasi 2011-yilda bastakor Ramin Javadi tomonidan aynan ushbu serial uchun yozilganligi qayd etilgan. Ramin Javadi — eronlik oilada tug‘ilgan, Germaniyada ulg‘aygan bastakor bo‘lib, u HBO bilan hamkorlikda ishlagan va musiqaning konsepsiyasi serialning dramatik ruhi, hokimiyat, kurash va tarixiy epik kayfiyatni ifodalashga qaratilganini bir necha bor ta’kidlagan.

Internetdagi manbalarda, musiqiy tahlillar va intervyularda Ramin Javadi ushbu musiqani Eron shohining to‘y marosimi musiqasidan olgani yoki undan ilhomlangani haqida hech qanday rasmiy bayonot bermagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling