"Marty Supreme" A24 kompaniyasining AQShda eng yuqori daromad keltirgan filmiga aylandi

Rejissyor Josh Safdi tomonidan suratga olingan “Marty Supreme” sport dramasi AQSh prokatida 80 mln dollardan ko‘proq mablag‘ to‘pladi. Bu haqda Variety xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu natija bilan film A24 mustaqil studiyasining barcha loyihalari orasida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Oldingi rekord “Everything Everywhere All at Once” filmiga tegishli bo‘lib, u prokatda 77 million dollar ishlab topgan.
“Marty Supreme” A24 studiyasining eng qimmat loyihasi ham hisoblanadi. Uning byudjeti 60−70 mln dollarga baholangan.
“Marty Supreme"ning dunyo bo‘ylab yig‘imlari hozirda 97 million dollarni tashkil etmoqda. Kartina hozircha faqat bir qator xorijiy mamlakatlarda chiqarilgan va ijara geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda.
Kinokartina Oʻzbekistonda ham premyera qilingan boʻlib, unga chiptalarni “Afisha.uz” orqali xarid qilish mumkin.
"Interstellar", "Dune", "Marty Supreme": Timoti Shalamening 10 ta filmi
7-dekabr kuni 30 yoshni qarshilagan aktyor Timoti Shalame bugungi kunda oʻzining katta muxlislar bazasiga ega, deyish mumkin. Aktyor oxirgi yillarda bir qator katta masshtabli filmlarda bosh rollarni ijro etdi. Bundan tashqari, 2026-yilning boshida "Marty Supreme" filmi uchun Oltin Globus mukofotini ham qoʻlga kiritdi.