Toshkentda yangi Premier Cinema kinoteatri ochildi
E’lon qilingan sana: · 313

Afisha.uz orqali yangi kinoteatr uchun elektron chiptalar sotib olish mumkin.
31-dekabr kuni Toshkentda yangi Premier Cinema kinoteatri sinov tartibida ochildi. U Toshkent shahridagi Park in Mall savdo markazida joylashgan. 21-yanvar kuni Afisha.uz yangi kinoteatr uchun elektron chiptalar sotuvini boshladi.

Kinoteatrda toʻrtta namoyish zali mavjud. 1-zal eng kattasi boʻlib, 183 oʻrinli. 2-zal esa 77 oʻrinli. Shuningdek, har biri 49 oʻrinli ikkita VIP zal ham mavjud.

Chiptalar narxi 80 000 soʻm va 100 000 soʻmni tashkil qiladi.

Siz Afisha.uz sayti orqali seanslar jadvalini koʻrishingiz va chipta xarid qilishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, hozirda Toshkentda 10 ta kinoteatr faoliyat yuritmoqda.