Shalame Di Kaprioga qarshi: Oskar mukofotiga nomzodlar e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 1 936
Shalame Di Kaprioga qarshi: Oskar mukofotiga nomzodlar e'lon qilindi

Amerika kinoakademiyasi 2026-yilgi Oskar mukofotiga nomzodlar roʻyxatini e’lon qildi.

Rayan Kugler tomonidan ishlangan, Maykl B.Jordan ishtirokidagi “Sinners” qo‘rqinchli filmi rekord oʻrnatib, eng ko‘p 16 ta nominatsiyada qayd etildi. Ikkinchi oʻrinni 13 ta nominatsiya bilan Pol Tomas Andersonning “One Battle After Another” filmi egalladi.

“Frankenstein”, “Marty Supreme” va “Sentimental Value” filmlari 9 tadan nominatsiyaga ega boʻldi. “Xamnet” kinokartinasi esa 8 ta “haykalcha"ga da’vogarlik qiladi.

Quyida asosiy nominatsiyalar boʻyicha nomzodlar roʻyxati keltirilgan:

Eng yaxshi film:

  • “Bugonia”;
  • “F1”;
  • “Frankenstein”;
  • “Hamnet”;
  • “Marty Supreme”;
  • “One Battle After Another”;
  • “The Secret Agent”;
  • “Sentimental Value”;
  • “Sinners”;
  • “Train Dreams”.

Eng yaxshi aktyor:

  • Timoti Shalame, “Marty Supreme”;
  • Leonardo di Kaprio, “One Battle After Another”;
  • Itan Houk, “Blue Moon”;
  • Maykl B. Jordan, “Sinners”;
  • Vagner Moura, “The Secret Agent”.

Eng yaxshi aktrisa:

  • Jessi Bakley, “Hamnet”;
  • Rouz Byorn, “If I Had Legs I’d Kick You”;
  • Renate Reinsve, “Sentimental Value”;
  • Emma Stoun, “Bugonia”;
  • Keyt Hadson, “Song Sung Blue”.

Eng yaxshi rejissyor:

  • Pol Tomas Anderson, “One Battle After Another”;
  • Rayan Kugler, “Sinners”;
  • Xloye Chjao, “Hamnet”;
  • Joshua Safdi, “Marty Supreme”;
  • Yoakim Trier, “Sentimental Value”.

Eng yaxshi xorijiy film:

  • “The Secret Agent”, Braziliya;
  • “It Was Just an Accident”, Fransiya;
  • “Sentimental Value”, Norvegiya;
  • “Sirat,” Ispaniya;
  • “The Voice of Hind Rajab”, Tunis.

Nominantlarning toʻliq roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin

Blokbasterlar soyasida qolgan durdona: 2025-yilning eng yaxshi badiiy filmi

2025-yil kinoteatrlarda "shovqin yili" sifatida tarixga kirdi. “Hayvonlar shahri 2” animatsiya olamida misli ko‘rilmagan rekordlarni yangiladi, “Avatar 3: Olov va kul” esa IMAX ekranlarini yana bir bor voqealikka aylantirdi. Jeyms Gann boshchiligidagi “Supermen” esa nostalgiyani qurol qilib, DC kinoolamiga yangi hayot bag‘ishladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling