O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida bepul kinonamoyishlar boʻlib oʻtadi
E’lon qilingan sana: · 159

1−25-fevral kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida 2025-yilda suratga olingan eng yangi o‘zbek filmlarining 25 kunlik bepul kinonamoyishlar bo‘lib o‘tadi.
Dasturda:
- 25 ta badiiy film;
- 25 ta hujjatli film;
- 25 ta animatsion film.
Har bir namoyishdan oldin “Oltin Humo” milliy kino mukofotining g‘oliblari, taniqli aktyor va rejissyorlar ishtirokida 25 daqiqalik ijodiy uchrashuv va suhbatlar tashkil etiladi.
Shuningdek, 25-fevraldan boshlab yil yakunlariga bag‘ishlangan xalqaro kinofestivallarda e’tirof etilgan filmlar ko‘rgazmasining ochilish marosimlari hamda Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida suratga olingan “Yengilmas — Tokioga yo‘l”, “O‘g‘il”, “O‘zbek arsloni”, “Qoravoy” va shunga yaqin bir qator filmlar taqdimotlari boʻlib oʻtadi.