Trevis Skott Kristofer Nolanning “The Odyssey” filmida qatnashadi

E’lon qilingan sana· 1 206
Trevis Skott Kristofer Nolanning “The Odyssey” filmida qatnashadi

Mashhur reper Trevis Skott Kristofer Nolanning yangi “The Odyssey” filmining treylerida ko‘rinish berdi.

Qisqa lavhada Trevis Skott askarlar guruhiga murojaat qilayotgan holatda tasvirlangan. Ushbu sahnada Tom Holland ijro etayotgan Telemaks va Jon Berntal rolidagi Menelay qahramonlari ham bor. Bu rol Trevis Skottning debyutlaridan roli hisoblanadi.

Avvalroq Skott Nolanning 2020-yilda chiqqan “Tenet” filmi uchun “The Plan” nomli trekni yozgan edi. Rejissyor o‘shanda reperning ijodiy yondashuvini yuqori baholagan.

“The Odyssey” so‘nggi yillardagi eng kutilayotgan filmlardan biri. Unda Mett Deymon Odissey rolini ijro etadi. Film aktyorlar tarkibida esa haqiqiy yulduzlar jamlanmanga Tom Holland, Ann Hetuey, Robert Pattinson, Zendaya, Lupita Nyongo, Sharliz Teron va boshqalar.

Film IMAX kameralarida to‘liq suratga olingan ilk badiiy film bo‘ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling