"Jannat 2: Onamga maktub" kinosiga chiptalar sotuvi boshlandi

Qirgʻizistonlik kino ijodlarining “Jannat onalar oyogʻi ostida” filmining davomi — “Jannat 2: Onamga maktub” filmi uchun chiptalar sotuvi boshlandi.
Film 19-fevraldan boshlab kinoteatrlarda oʻzbek tilidagi dublyaj bilan namoyish etiladi. Chiptalarni Afisha.uz orqali sotib olish mumkin.
Ta’kidlanishicha, “Jannat 2: Onamga maktub” filmi birinchi qismda boshlangan dramatik va yurakka yetib boruvchi voqeani davom ettirib, uning mohiyatini chuqurlashtiradi va kengaytiradi. Voqea markazida avvalgidek onalik mehri, ruhiy va insoniy qadriyatlar turadi — bu mavzular qahramonlar taqdiri orqali yorqin ifodalangan.
Voqealar yanada ko‘p qatlamli bo‘lib, shaxsiy fojialarga do‘stlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash mavzulari ham qo‘shiladi. Aynan mana shu do‘stlik qahramonlarga qiyinchiliklarga bardosh berishda yordam beradi. Ularning yo‘lida turli uchrashuvlar sodir bo‘ladi — ayrimlari tasodifiy, ayrimlari esa taqdiriy bo‘lib, ularning har biri voqealarning keyingi rivojiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Film rejissyori Ruslan Akun hisoblanadi. Filmda voqealar endi qisman Rossiyada ham sodir boʻladi. Aktyorlar safiga rossiyalik mashhur komik Aleksey Sherbakov ham qoʻshilgan.
Avvalroq filmning rasmiy treyleri ham e’lon qilingandi.