Oila davrasidagi oqshomlar va kino: birgalikda nima koʻrish mumkin?

Allplay onlayn kinoteatri Ramazon oyida tinch oilaviy kechalar uchun filmlar va seriallar to‘plamini taqdim etdi. Unda sevgi, e’tiqod va bir-birini qo‘llab-quvvatlash haqidagi hikoyalar kiritilgan bo‘lib, ularni birgalikda tomosha qilish mumkin.
Ramazon oyi an’anaviy tarzda hayot sur’atini pasaytirish, mulohaza yuritish va yaqinlarga alohida e’tibor qaratish pallasiga aylanadi. Kechqurun uy osoyishtalikka to‘lganda, bu hisni uzaytirib, choy damlagan holda butun oila jamuljam bo‘lib, birgalikda yashab o‘tiladigan biror voqeani tomosha qilish imkoniyati paydo boʻladi. Bunday kino tomoshalari ko‘pincha yoqimli an’anaga aylanadi: kino suhbat qurish, xotiralarni yodga olish va kashfiyotlar qilish uchun bahona bo‘ladi.
Shunday oqshom uchun Allplay’da birgalikda koʻrishga arziydigan — teran, hissiyotlarga boy va chinakam yaqin hikoyalar jamlangan.

Markaziy Osiyoning shov-shuvli xiti — “Jannat onalar oyog‘i ostida” — onasining jannatga tushish orzusini ro‘yobga chiqarish uchun u bilan birga ziyoratga otlangan o‘zgacha yigit haqidagi ta’sirchan drama. Bu — so‘zsiz sevgi, minnatdorlik va oilaviy rishtalar qudrati haqidagi hikoyadir.

“Musofir goʻdak” seriali sayohat vaqtida adashib qolib, uch yil davomida turli mamlakatlarda darbadar kezgan bolakay haqida hikoya qiladi. Bu ulg‘ayish, ota o‘chog‘ini izlash va shu yo‘lda uchragan insonlar haqidagi hikoya.

Turkiyaning “Kyukva sharbati” seriali hayotga turlicha qaraydigan oilalarda tarbiya topgan Doa va Fotih ismli sevishganlar haqida so‘zlaydi. Kelinning onasi maktab direktori bo‘lib, ancha ilg‘or qarashlarga ega. Kuyovning ota-onasi esa urf-odatlarni hamma narsadan ustun qo‘yadigan konservativ insonlardir. Sevishgan juftlik o‘z kelajagi uchun kurashishiga va ikki qutbdagi oilalarni yarashtirishga harakat qilishiga to‘g‘ri keladi.

“Panda operatsiyasi” — xalqaro kung-fu yulduzi Jeki katta pandaning Xu Xu ismli bolasini o‘z homiyligiga oladi. Jonivorning ko‘zlari g‘ayrioddiy bo‘lgani sababli, noyob genni qo‘lga kiritishni istagan xalqaro jinoiy sindikat Xu Xuni tutib bergan kishi uchun mukofot e’lon qiladi. Jeki bunga chetdan qarab turolmaydi va yovuzlarga qarshi kurashga kirishadi.

Turkiyaning mashhur “Olis shahar” filmi — Alya Albora erining so‘nggi iltimosini bajarish uchun uning shahriga qaytadi va hokimiyat muhabbatdan, haqiqat esa yolg‘ondan xavfliroq bo‘lgan oila tuzog‘iga tushib qoladi. Bu qo‘yib yubormaydigan sirlar hamda onaning o‘z farzandi ozodligi uchun kurashi haqidagi keskin dramadir.

“Hammasiga Istanbul aybdor” — o‘tmish va tuyg‘ular doim o‘zini eslatib turadigan katta shahar fonida kechadigan sevgi qissasini ochib beruvchi O‘zbekiston seriali.
Bunday filmlar dasturxon atrofida uzoqroq o‘tirish — qahramonlarni muhokama qilish, fikr almashish va shunchaki bir-birining yonida vaqt o‘tkazish uchun ajoyib bahona bo‘la oladi.
Navbatdagi oilaviy oqshom g‘oyasini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun ushbu to‘plamni saqlab qo‘yish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.