"Oʻg'il" badiiy filmining premyerasi boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 353
"Oʻg'il" badiiy filmining premyerasi boʻlib oʻtadi

Milliy kino san’ati saroyida 25-fevral kuni soat 15:30 da Abu Tolib Adamkulov tomonidan suratga olingan “O‘g‘il” badiiy filmining premyerasi boʻlib oʻtadi. Bu haqda kinosaroy matbuot xizmati xabar berdi.

Kinokartina insonni muhabbat, burch va adolat o‘rtasidagi murakkab hayotiy yo‘lda to‘g‘ri qaror qabul qilishga undaydi.

Qayd etilishicha, film tomoshabinni nafaqat chuqur o‘yga toldiradi, balki o‘z hayotiga yangicha nigoh bilan qarashga chorlaydi.

“Oʻg'il” filmi ssenariy muallifi Zulfiya Qurolboy qizi hisoblanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling