Lili Kollins Odri Hepbyorn rolida “Breakfast at Tiffany’s” filmining yaratilish tarixi haqida filmda ishtirok etadi

E’lon qilingan sana· 1 552
Lili Kollins Odri Hepbyorn rolida “Breakfast at Tiffany’s” filmining yaratilish tarixi haqida filmda ishtirok etadi

Amerikalik aktrisa Lili Kollins 1961-yilda suratga olingan klassik “Breakfast at Tiffany’s” filmida ijro etgan Odri Hepbyorn rolini ijro etadi. Film loyihasi Kollinsning o‘zi asos solgan Case Study Films, shuningdek, Imagine Entertainment va prodyuser Skott Lastaiti tomonidan ishlab chiqilmoqda.

Film, Sem Vassonning bestseller kitobi “Fifth Avenue, 5 A.M.: Audrey Hepburn, Breakfast at Tiffany’s and the Dawn of the Modern Woman"ga asoslanadi. Filmda “Breakfast at Tiffany’s” filmining suratga olish jarayonidagi qiyinchiliklari hamda Hepbyornning shaxsiy sayohati ko‘rsatiladi. Unda Tryumen Kapote, kostyum dizayneri Edit Hed, rejissyor Bleyk Edvards va Odri Hepbyorn kabi shaxslar tasvislanadi.

Kollins, shuningdek, filmda prodyuser sifatida ham ishtirok etadi. Aktrisa o‘zining Instagram sahifasida bu loyiha deyarli o‘n yil davomida ishlab chiqilayotganini va Odri Hepbyornga bo‘lgan hurmat va muhabbatining natijasi ekanini ta’kidlagan.

“Breakfast at Tiffany’s” filmi rejissyor Bleyk Edvards tomonidan suratga olingan va Odri Hepbyornning eng mashhur rollaridan biri bo‘lgan. Film ikki marta Oskar mukofotini qo‘lga kiritgan hamda moda va kino madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Hozircha filmning rejissyori e’lon qilinmagan va boshqa asosiy rollar uchun kasting jarayoni davom etmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling