Actor Awards 2026: qizil yoʻlakcha va gʻoliblar

Bu mukofot endilikda tanqidchilar yoki studiyalar tomonidan emas, balki aynan hamkasblar baho beradigan professional hamjamiyatdagi e’tirofdir.
1-mart kuni Los-Anjelesda 32-AQSh aktyorlariga Gildiya mukofotlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Hozirda u rasman Actor Awards (sobiq SAG Awards) nomi bilan tanilgan. Mukofotning mohiyatini aniqroq aks ettirish maqsadida SAG-AFTRA kasaba uyushmasi qarori bilan mukofot nomi o‘zgartirildi. Endi bu — tanqidchilar yoki studiyalar emas, balki aynan hamkasblar baho beradigan professional hamjamiyatdagi e’tirofdir.

Aktrisa Kristen Bell ketma-ket uchinchi yil marosimni olib bordi va tadbir Netflixda jonli efirda namoyish etildi. Kechaning eng yorqin voqeasi Rayan Kuglerning “Gunohkorlar” dramasining muvaffaqiyati boʻldi: film “Eng yaxshi aktyorlar jamoasi” nominatsiyasida, Maykl B. Jordan esa “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida gʻolib boʻldi.

Televizion loyihalar orasida “The Studio” seriali ajralib turdi va parda orti jarayonlarini kinoya bilan ko‘rsatuvchi ushbu komediya uchta mukofotni qo‘lga kiritdi: eng yaxshi aktyorlar ansambli, eng yaxshi erkak roli (Set Rogen) va eng yaxshi ayol roli (Ketrin O‘Hara, mukofot vafotidan so‘ng berildi).
Harrison Ford shuningdek, kasbdagi yutuqlari va uzoq yillik faoliyati uchun faxriy mukofotga sazovor boʻldi.

Actor Awards 2026 gʻoliblarining toʻliq roʻyxati:
Filmlar
- Filmdagi eng yaxshi aktyorlar ansambli — “Gunohkorlar”
- Eng yaxshi aktyor — Maykl B. Jordan (“Gunohkorlar”)
- Eng yaxshi aktrisa — Jessi Bakli (“Hamnet”)
- Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor — Shon Penn (“Jang ortidan jang”)
- Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa — Emi Medigan (“Qurollar”)
- Kinodagi eng yaxshi kaskadyorlar tarkibi — “Uddalab bo‘lmas topshiriq: Hal qiluvchi hisob-kitob”
Televideniye va striming xizmatlari
- Dramatik serialdagi eng yaxshi aktyorlar ansambli — “Pitt”
- Dramatik serialdagi eng yaxshi aktyor — Noa Uayli (“Pitt”)
- Dramatik serialdagi eng yaxshi aktrisa — Keri Rassel (“Diplomat”)
- Komediya serialidagi eng yaxshi aktyorlar ansambli — “Kinostudiya”
- Komediya serialidagi eng yaxshi aktyor — Set Rogen (“Kinostudiya”)
- Komediya serialidagi eng yaxshi aktrisa — Ketrin O‘Hara (“Kinostudiya”) — vafotidan so‘ng
- Mini-serial yoki telefilmdagi eng yaxshi aktyor — Ouen Kuper (“O‘tish davri”)
- Mini-serial yoki telefilmdagi eng yaxshi aktrisa — Mishel Uilyams (“O‘lgudek seks xohlayman”)
- Televideniyedagi eng yaxshi kaskadyorlar tarkibi — “Bizdan birimiz”
- Yutuqlari uchun faxriy mukofot — Harrison Ford