"Jujutsu Kaisen"da yangi fenomen: Higuruma Hiromi

Mashhur “Jujutsu Kaisen” animesi muxlislarni hayratda qoldirishda davom etmoqda. Bu safar serialning 8-qismida sobiq advokat — Hiromi Higuruma obrazi ko‘pchilikning sevimli qahramoniga aylanishga ulgurdi. Ushbu oxirgi qism IMDB’da 8.5 reytingi bilan baholanmoqda. Higuruma ma’lum ma’noda tomoshabinlarga Kento Nanamini ham yodga soladi, undagi jiddiylik, vazminlik va ichki og‘riqni yashirgan qat’iyat jihatidan ular bir-biriga o‘xshash.
Higuruma eng kuchli qahramonlardan biri sifatida tasvirlanadi. Uning kuchi oddiy jangovar mahoratdan ko‘ra murakkabroq va falsafiyroqdir.
U o‘zining “Deadly Sentencing” nomli domen kengayishi orqali raqibini sud zaliga tortadi. Bu yerda jang emas, hukm hal qiluvchi omilga aylanadi. Ayb isbotlansa, raqib og‘ir jazoga duch keladi.
Sobiq advokat sifatida Higurumaning adolatga bo‘lgan munosabati uning qobiliyatlari bilan chambarchas bog‘langan. Jamiyatdagi nohaqliklardan ko‘ngli qolgan bu qahramon o‘z ichki kurashi bilan ham tomoshabinni o‘ylantiradi. Aynan shu murakkab psixologik bosim uni oddiy antagonist yoki yordamchi qahramondan ko‘ra chuqurroq obrazga aylantiradi.

Shu bois Higuruma Hiromi qisqa vaqt ichida nafaqat kuchli jangchi, balki eng ta’sirli va esda qolarli qahramonlardan biriga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham Higurumaning esnash sahnasi memga aylanishga ulgurdi. Ushbu sahna istalgan kundalik vaziyatdagi kayfiyatni ifodalay oladi, ayniqsa, ish yoki oʻqishingiz bilan bogʻliq noroziliklarni.
Quyida aynan shu sahnadan ilhomlangan memlardan bir nechtasini havola qilamiz.

