Anons
Hind kinofestivali doirasida bepul kinonamoyishlar
E’lon qilingan sana: · 2 150

Oʻzbekiston Milliy kino san’ati saroyida “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan ayollar mavzusiga bag‘ishlangan hind kinofestivalining 2-nashri — “Sashakt Nari — Ayollikni ulug‘lash” tadbiri boʻlin oʻtadi.
Tadbir Hindiston Elchixonasi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi hamkorligida, Hindiston Axborot va eshittirishlar vazirligi hamda Hindiston Milliy kino taraqqiyoti korporatsiyasi ko‘magida tashkillashtirilmoqda. Festival doirasida jasorat va matonat bilan qiyinchilikhamda sinovlarni yengib o‘tgan ayollar bosh qahramon bo‘lgan mashhur hind filmlarinamoyish etiladi.
Dastur:
- 13-mart, 14:30 — “Dangal” filmi;
- 14-mart, 11:00 — “Dear Zindagi” filmi;
- 14-mart, 15:00 — “Tanvi The Great” filmi;
- 15-mart, 11:00 — “Kathal” filmi;
- 15-mart, 15:00 — “Tanu weds Manu” filmi.
Filmlar oʻzbek va ingliz tilidagi subtitrlar bilan namoyish etiladi.
Kirish bepul.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling