"Qarsildoq", "Pokaxontas", "Qirol sher": bolalikni eslatadigan mashhur va qadrdon multfilmlar

E’lon qilingan sana· 1 896
"Qarsildoq", "Pokaxontas", "Qirol sher": bolalikni eslatadigan mashhur va qadrdon multfilmlar

Bolalik xotiralari har doim eng begʻubor va iliq tuygʻularni uygʻotadi. Bu xotiralarning markazida esa bolalarni sehrli olamlarga yetaklagan, yaxshilik va yomonlikni farqlashni oʻrgatgan qadrdon multfilmlar turadi. Oʻsha paytlarda televizor qarshisida, sevimli qahramonlarning sarguzashtlarini intiqlik bilan kutgan damlar bugungi kunda kattalar uchun ham eng qadrli davrga aylangan.

Afisha.uz bolalikda koʻp bora namoyish etilgan va tomosha qilingan multfilmlarni bir yerga jamladi.

“Oppogʻoy va yetti gnom”

Ushbu multfilm Aka-uka Grimmlar tomonidan yozilgan nemis ertagining ekranizatsiyasi hisoblanadi. Bundan tashqari, “Oppogʻoy va yetti gnom” animatsion filmlar uchun hali nominatsiya e’lon qilinmagan vaqtlarda Oskar mukofotiga loyiq koʻrilgani bilan ham ajralib turadi.

Bosh qahramon qasrda o‘zining go‘zalligi bilan faxrlanadigan yovuz o‘gay qirolicha bilan birga yashaydigan Oppog‘oydir. Oppog‘oy Sehrli oynadan dunyodagi eng go‘zal qizga aylanganini bilib oladi, hasadgo‘y o‘gay ona esa qizni halok etishga qaror qiladi. Ammo qiz o‘rmonda halok bo‘lmaydi, aksincha, u yerda haqiqiy do‘stlarini topadi.

Multfilmni tomosha qilish.


“Shrek”

Animatsion filmlar tarixida “Shrek” ham katta oʻrin tutadi. Dream Works Animation multfilmi ilk bor ta’sis etilgan “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasida Oskar mukofotini qoʻlga kiritgan. “Shrek” ijodkorlari odatiy Disney hikoyalaridan zerikkan tomoshabin uchun yangi narsa taklif qilgan.

Ertaklar olamida Shrek ismli ulkan maxluq yashardi. U o‘rmonda, o‘ziniki deb bilgan botqoqlikda mag‘rur yolg‘izlikda kun kechirardi. Ammo bir kuni yovuz pakana — sehrli qirollik hukmdori lord Farkuad barcha ertaklardagi qahramonlarni Shrek botqog‘iga shafqatsizlarcha haydab yuboradi. Yashil trollning beparvo hayoti shu bilan yakuniga yetadi.

Multfilmni tomosha qilish.


“Qirol sher”

1994-yilda ishlangan va kultga aylnagan multfilm koʻpchilikning bolaligida alohida oʻrin tutadi. Hozirda hikoyani filmga aylantirishga urinib koʻrildi, biroq remeyklar omadli chiqmadi.

Qirol Sher Mufasadan Simba ismli merosxo‘r dunyoga keladi. Bolaligidayoq qiziquvchan bola hokimiyatni orzu qilgan hasadgo‘y amakisi Skarning fitnalari qurboni bo‘ladi. Simba yaqinini yo‘qotish qayg‘usini, xiyonat va quvg‘inni boshdan kechiradi, lekin oxir-oqibat sodiq do‘stlar hamda sevgilisini topadi.

Multfilmni tomosha qilish.


“Pоkaxontas”

Tub amerikaliklar haqida koʻplab film va multfilmlar ishlangan. Ammo ular orasida “Pokaxontas” alohida oʻrin tutadi.

Jon Smit joylashgan kema Yevropadan Yangi Dunyoga jo‘naydi. Ekipaj, kapitanning tushuntirishicha, sarguzashtlar, muvaffaqiyat va boylik sari yoʻl olgan. Lekin kapitanning o‘zi u yerdan aniq bir narsa — oltin topmoqchi. Amerikada esa hindular yashaydi va hikoya olijanob malika Pokaxontas haqida soʻzlaydi.

Multfilmni tomosha qilish.


“Sohibjamol va maxluq”

Umuman olganda 1990-yildan 2010-yilgacha boʻlgan vaqtni animatsiyalar tarixidagi eng yaxshi yillar deyish mumkin. “Sohibjamol va Maxluq” multfilmi ham 1991-yilda premyera qilingan va hozirgacha sevib tomosha qilinadi.

Qorong‘i o‘rmonda yashiringan sehrlangan qasrda dahshatli Maxluq yashaydi. Uning qalbidagi muzni eritib, inson qiyofasiga qaytarish, afsunni olib tashlash faqatgina uni qanday bo‘lsa shundayligicha sevib qoladigan go‘zal qizning qo‘lidan keladi.

Multfilmni tomosha qilish.


“Chip laqabli joʻja”

Multfilmning asosida har safar boshiga yong‘oq tushganda osmon yerga qulashi haqida qichqirgan tovuq haqidagi eski masal yotadi. Mana bir yildirki, Jo‘ja o‘z xatosi orqali kelgan sharmandalikni yengib o‘tishga (osmonning qulashi haqida) va hech narsa bo‘lmagandek yashashga harakat qilmoqda.

Lekin, afsuski, omadsiz joʻja bilan do‘stlashishni istovchilar ko‘p emas, shuning uchun ham uning o‘rtoqlari o‘ziga o‘xshagan quvg‘indilardir.

Lekin bir kuni chindan ham baxtsizlik ro‘y beradi — trevoga berish payti keldi! Lekin Jo‘jaga kim ham ishonadi, axir u bir marta tentaklik qilgan-ku… Endi sayyoraning kelajagi ko‘rinmas frontning kamtarin jangchilariga bog‘liq boʻlib qoladi.

Multfilmni tomosha qilish.


“Mashinalar”

2006-yilda premyera qilingan ushbu multfilm bilan yangi davr kirib kelganini va Disney ham klassik malikalaridan uzoqlashib, boshqa mavzularda ham animatsion filmlar ishlashga qoʻl urayotganini sezish mumkin.

Har doim va har narsada g‘alaba qozonish istagida bo‘lgan “Chaqmoq” poyga avtomobili to‘satdan yo‘ldan adashib, Kaliforniyaning 66-yo‘lida joylashgan Radiator Springs shaharchasiga borib qoladi. U Piston kubogi finali uchun poygada ishtirok etishi kerak, unga ikkita juda tajribali raqib qarshilik ko‘rsatadi. Biroq Makkuin endi umuman boshqa mashinalar bilan suhbatlashishga majbur.

Multfilmni tomosha qilish.


“Kungfu Panda”

Disney kompaniyasining raqobatchilaridan biri boʻlgan Dream Works Animation ham oʻzining kultga aylangan multfilmlari va franshizalari bilan ajralib turadi. “Kungfu Panda” multfilmlar seriyasi ham shular jumlasidan.

Tinchlik vodiysi va uning barcha aholisini yengilmas va shafqatsiz jangchi Tay Lungdan qutqarish uchun eng yaxshilarning, eng yaxshilari tanlanishi kerak. Biroq ustoz Ugvey bu ish uchun bema’ni, dangasa va doim qorni och panda Poni Ajdaho jangchisiga qilib tayinlaydi. afsonaviy jangchilar: Yoʻlbars, Maymun, Ilon, Beshiktebratar va Turna yonma-yon Kung Fu mahorati choʻqqilariga uzoq va mashaqqatli yoʻlni bosib oʻtadi. Po esa ular bilan birga Vodiyni qutqarishi kerak.

Multfilmni tomosha qilish.


“Qarsildoq”

Albatta, ushbu roʻyxatni klassik rus multfilmlarisiz ham tasavvur qilib boʻlmaydi. 1973-yilda ishlangan “Qarsildoq” multfilmi ham uzoq yillar oʻzbek telekanallari orqali namoyish etilgan.

Rojdestvo bayramini oldidan Sankt-Peterburg shahriga Oltin xoʻroz tortayotgan aravada usta Drosselmeyer oʻzining ajoyib oʻyinchoq doʻkoni bilan keladi. U bilan birga Sichqonlar podshosi Baqaloq va Uzun ismli sichqonchalari bilan ergashadi. Usta Drosselmeyer Qarsildoqqa aylantirilgan Shahzodaga yordam bera oluvchi qizni qidirmoqda.

Multfilmni tomosha qilish.


“Muzlik davri”

Multfilm voqealari 20 ming yil oldin sodir bo‘ladi. Muzlik davri boshlanishi bilan yaqinlashib kelayotgan sovuqdan qochish uchun hayvonlar janubga ko‘chadi. Biroq ularning ba’zilari, xususan, yolg‘iz, xo‘mraygan mamont Manfred, shuningdek, dangasa Sid qolishga qaror qiladi.

Tasodifan bu juftlik odam bolasini uchratib qoladi. Uni odamlarga qaytarib berishga qaror qilishadi va sayohatga otlanadi. Yo‘lda ular qilich tishli ayyor yo‘lbarsga duch kelishadi. Endi bu quvnoq davrani qiziqarli sarguzashtlar kutadi.

Multfilmni tomosha qilish.


“Sinbad”

2003-yilda premyera qilingan “Sinbad” multfilmining asosida Yunon mifologiyasi turadi. Bundan tashqari, ushbu mavzuda bir qator filmlar ham ishlangan.

Tartibsizlik ma’budasi Eris Tinchlik kitobini o‘g‘irlaydi, bu bilan Sinbadni xavf ostida qoldiradi va uni jinoyatchiga aylantiradi. O‘zining aybsizligini isbotlash, shuningdek, eng yaqin do‘sti Proteus Sheypershiferning hayotini saqlab qolish niyatida dengizchi qor va muzdan yasalgan ulkan chayonlar, ilonlar va qushlar kabi dahshatli maxluqlar bilan to‘lib-toshgan Eris saltanatiga yo‘l oladi.

Multfilmni tomosha qilish.


“Alouddin”

Arablarning “1001 kecha” asaridagi hikoyalardan biri asosida ishlangan multfilm 1992-yil premyera qilingan. Shuningdek, multfilmlar orasida “Alouddin"ni eng yaxshi remeykka ega deyish ham mumkin. 2019-yilda premyera qilingan va bosh rolni Uill Smit ijro etgan kinokartina omadli, deya e’tirof etiladi.

Quvnoq, lekin oʻgʻrilik bilan kunkechiradigan Alovuddin tez orada uni hayotdagi eng buyuk sarguzasht kutayotganini bilmaydi. Axir, faqat uning yordamida yovuz sehrgar Ja’far aql bovar qilmaydigan xazina — orzularni amalga oshiruvchi qudratli Jin qamalgan chiroqni qo‘lga kiritishi mumkin.

Multfilmni tomosha qilish.


“Qor malikasi”

Bu multfilm Disney dominantligidan ancha oldin 1957-yilda rus ijodkorlari tomonidan premyera qilingan.

Qishning ayozli oqshomlaridan birida, shinam issiq uylarning jimjimador naqshli derazalaridan qorong‘ilik yoyilib, koʻchada bo‘ron bezovta uvillab turgan bir paytda, Qor malikasi kichkina Kayni o‘zining muzlik mulkiga olib ketadi va uning mehribon, sezgir qalbini muz parchasiga aylantiradi. Gerda ismli qiz esa uni izlab yo‘lga tushadi.

Multfilmni tomosha qilish.


“Mulan”

Disney’ning klassik malikalaridan farq qiladigan yana bir qahramoni Mulandir. U 1998-yilda ishlangan xuddi shu nomdagi multfilm qahramoni hisoblanadi. 2020-yilda esa “Mulan"ning kino-remeyki ham ishlandi.

Xitoy xalq uchun og‘ir kunlar boshlanadi: mamlakatga jangari xun qabilasi hujum qiladi. Erkaklar kiyimini kiygan Mulan boshqa jangchilarga qo‘shilib, qorli tog‘lar etagidagi xavfli yurishga otlanadi.

Multfilmni tomosha qilish.


“Madagaskar”

“Madagaskar” haqida soʻz ketganda bu multfilm yosh tomoshabinlarning geografik olamini kengaytirgani bilan ham eslanadi. Aynan shu sabab koʻpchilik Madagaskar oroli haqida tushunchaga ega boʻlgan.

Nyu-Yorkdagi Markaziy hayvonot bog‘idan to‘rt hayvon — sher Aleks, zebra Marti, jirafa Melman va begemot Gloriya qochdi. Kema halokatidan so‘ng ular lemurlar va yashaydigan ekzotik Madagaskar oroliga borib qoladi. Shunda ular yovvoyi hayot Nyu-York hayvonot bogʻidagi hayotdan ancha farq qilishini tushunib yetadi.

Multfilmni tomosha qilish.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling